Jamiyatga katta zarar keltiradigan illatlardan biri – manfaatlar to‘qnashuvidir. U bor joyda sohalar rivojlanish o‘rniga orqaga ketadi, millat salohiyati zavolga uchraydi. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tartibga solishda mustahkam huquqiy asosdir.

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida mazkur qonunning mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. Unda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasining mas’ul xodimi S.Qo‘ziyev ushbu qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan keng ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga oid islohotlarni ta’minlanishiga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.I.Xidirov.