EMMM yangiliklari

Radioelektron vositalarni noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

Joriy yilning 1-aprel kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazildi. Hamkorlikda olib borilgan tadbir davomida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroport” chegara bojxona posti orqali viloyatimizga olib kirilayotgan 2 dona “BAOFENG BF-888S”, 2 dona “BAOFENG BF-9700” va 2 dona “СОЮЗ-1”  rusumli hamda mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi “Power Signal Optimal Black 900/1800/2100 MHz” rusumli  radioelektron vositalari aniqlandi.

Aniqlangan radioelektron vositalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 2-ilovasi “Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan va Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi (RChRK)ning 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qarorining talablariga javob bermasligi bo‘yicha Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan texnik ekspertiza xulosalari berildi.

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang