EMMM yangiliklari

ASMH tomonidan tashkil etilgan Toshkentdagi tadbirlar

2025-yilning 20-23-may kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) tashkilotiga a’zo davlatlarining aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining 35-yig‘ilishi va axborotlashtirish bo‘yicha ASMH muvofiqlashtirish kengashining 9-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun ASMH va muvofiqlashtirish kengashiga a’zo davlatlarning aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi va mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo‘yicha ASMH huzuridagi muvofiqlashtirish kengashining 63/31-qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Yig‘ilish davomida: 

- ASMH va muvofiqlashtirish kengashiga a’zo davlatlarning aloqa ma’muriyatlari rahbarlari va MDHga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo‘yicha ASMH huzuridagi muvofiqlashtirish kengashi raisi saylovi; - ASMH va muvofiqlashtirish kengashiga a’zo davlatlarning aloqa ma’muriyatlari rahbarlari va MDHga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo‘yicha ASMH huzuridagi muvofiqlashtirish kengashi raisining o'rinbosarlarini tayinlash;

- O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik o‘rtasida ASMH Ijroiya qo‘mitasi filialining O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida ochish shartlari to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi;

- Mazkur majlisning tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq aloqa sohasidagi muhim xalqaro tadbirlarni muhokama qilish, kabi masalalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Raqamli rivojlanish strategiyasining dolzarb masalalariga, xususan, IT-parklarni ochish va rivojlantirish istiqbollariga, kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakatlarimiz o‘rtasida adolatli rouming sharoitlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, ASMH faoliyati va MDH davlatlarining soha tarmoqlari hamkorligi va faoliyatlariga oid masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

photo2025-05-2216-36-40.jpg

photo2025-05-2216-36-47.jpg

Faylni tanlang