EMMM yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARSHI MADANIYAT: FIKRDAN AMALGA

2025-yilning 15-dekabr sanasida Jizzax viloyati EMMX binosida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot shu’basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov ishtirokida “KORRUPSIYAGA QARSHI MADANIYAT: FIKRDAN AMALGA” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

photo2025-12-1615-02-20.jpg

Davra suhbati davomida, Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng muhim va eng barqaror usuli - korrupsiyaga qarshi madaniyat, eng samarali usuli esa - inson ongida, fikrida, dunyoqarashida halollikni shakllantirish ekanligi aytib o‘tildi. 

Korrupsiyaga qarshi madaniyat nima?

Korrupsiyaga qarshi madaniyat — bu jamiyat va shaxsning korrupsiyaga nisbatan mutlaq rad etish prinsipiga asoslangan munosabati.

photo2025-12-1615-02-26.jpg

U quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:

    • Korrupsiyaga nisbatan nol tolerantlik

    • Huquqiy bilim va xabardorlik

    • Shaxsiy va kasbiy halollik standarti

    • Jamoatchilik nazorati madaniyati

    • Adolatni ustuvor qadriyat sifatida tan olish

Ya’ni, korrupsiyaga qarshi madaniyat — bu faqat qonunlarga rioya qilish emas, balki halol yashashga ichki tayyorlikdir.

Davra suhbati so‘ngida, Korrupsion harakatlarga barham berish maqsadida hukumat, vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

 

Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi     B.B.Raximov

Faylni tanlang