Joriy yilning 16-yanvar kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatiga, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xodimi O.T.Bozorov taklif etildi.
Unda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 172-son qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Bunga ko‘ra mazkur qarorda keltirilgan bir qancha qoidalar tinglovchilarga yetkazildi, ya’ni bular:
haydovchilarning umumiy vazifalari;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining majburiyatlari;
piyodalarning majburiyatlari;
yo‘lovchilarning majburiyatlari;
maxsus transport vositalarining imtiyozlari;
svetofor va tartibga soluvchining ishoralari;
ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari;
harakatlanishni boshlash, manyovr qilish;
yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi;
harakatlanish tezligi;
quvib o‘tish;
to‘xtash va to‘xtab turish;
chorrahalarda harakatlanish;
tartibga solingan chorrahalar;
tartibga solinmagan chorrahalar;
piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarning bekatlari;
temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish, avtomagistrallarda harakatlanish;
turar joy dahalarida harakatlanish;
tik balandlik va nishabliklarda hakatlanish;
yo‘nalishli transport vositalarning imtiyozlari;
tashqi yoritish asboblaridan foydalanish;
mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rganish;
odam tashish;
yuk tashish;
velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab o‘tishga doir qo‘shimcha talablar;
Mansabdor shaxslarnig va fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarini yo‘lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarni o‘rnatish bo‘yicha majburiyatlari;
Yo‘l belgilari va hokazolar.
Shuningdek, korxona xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan yetarlicha javoblar oldilar.