Joriy yilning 10-fevral kuni “Elektromagnit moslashuv markazi“ davlat unitar korxonasida 2024 yil faoliyati natijalari va 2025 yil uchun asosiy vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishga Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi D.T.Rustamov, Raqamli texnologiyalar vazirligining Litsenziyalash va radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi boshlig‘i D.X.Dustmatov tashrif buyurdilar.

Dastavval, kirish so‘zini “EMMM” DUK boshlig‘i R.P.Mansurov boshlab berdi.

Shundan so‘ng, Korxonaning 2024-yil faoliyati natijalari hamda 2025-yil uchun asosiy vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida “EMMM“ DUK boshliqning birinchi o‘rinbosari A.A.Kadirov ma’ruza qildi.

Ma’ruza boshida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha asosiy maqdsadli ko‘rsatkichlarga erishishda mamlakatning barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ustuvor vazifasi ekanligi haqida alohida to‘xtab o‘tildi.
Keyin esa, korxona faoliyatining asosiy natijalariga o‘tildi.

Radiochastotalarni biriktirish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish:
2024-yil davomida 24 mingdan ortiq ruxsatnoma rasmiylashtirilgan,
2 mingdan ortig‘i bekor qilingan, 28 mingta ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgan.
Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda uyali aloqa tayanch stansiyalari soni 90 mingdan ortiq, abonentlar soni 36 milliondan ortiq, RRL 43 mingdan ortiq, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining tayanch stansiyalari 158 ta, abonent ma’lumotlarini uzatish stansiyalari 6 mingtani tashkil etdi. Magistral aloqa abonentlari soni 905 ta va radiohavaskorlar soni 458 tani tashkil etadi.
Bundan tashqari, respublika hududida 962 ta televidenie va radioeshittirish uskunalari hisobda turadi.
Shu jumladan: televidenie – 504 ta, radio – 458 ta.
Fuqarolarning murojaatlari- 2024-yil davomida “EMMM” DUKga jismoniy va yuridik shaxslardan 19 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali - 9;
- boshqa manbalar orqali - 10.
Aksariyat murojaatlar mobil aloqa va tayanch stansiyalaridan elektromagnit nurlanish, radioxalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha.

Radiomonitoring va radio qabul qilishni xalaqitlardan himoya qilish
Hisobot davrida radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida radiomonitoring va REVni texnik nazorat qilish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi, ularning natijalariga ko‘ra quyidagi tezkor-texnik tadbirlar amalga oshirildi.
Tezkor-texnik tadbirlar doirasida 1 014 ta reydlar o‘tkazildi.
Ularni aniqlashda:
- vakolatli organlar bilan birgalikda 755 ta reyd;
- mustaqil ravishda - 259 ta reyd.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida - 2304ta noqonuniy ishlayotgan uzatkichlar aniqlandi, ulardan 306tasi olib kirishda, 103tasi sotishda va 1895tasi ekspluatatsiya qilishda.
2024-yil davomida radioxalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha 162ta murojaat kelib tushgan.
- uyali aloqa tizimlari ishlashiga xalaqitlar - 119;
- turli tashkilot va idoralar stansiyalarining radiosignallarni qabul qilishdagi xalaqitlar - 43 ta;
Barcha radioxalaqit manbalari o‘z vaqtida aniqlanib, bartaraf etildi.

Korxonada sifat menejmenti tizimi va korrupsiyaga qarshi kurashish. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash maqsadida ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq Sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan, 2007 yilda joriy etilgan va hozirgi kunga qadar ishlab kelmoqda.
2024 yilda ISO 37001:2016 xalqaro standarti asosida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida ishchi guruh tuzilib, xalqaro standartni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jarayonlarni raqamli transformatsiyalash va raqamlashtirish- Loyihalarni raqamlashtirishni amalga oshirish doirasida hisobot davrida ruxsatnomalarni elektron shaklda berishga o‘tish jarayoni yakunlandi, bu esa ularni berish muddatlariga, resurslarni tejashga sifat jihatidan ta’sir ko‘rsatdi.
2025-yil uchun bajariladigan asosiy vazifalar:
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, “EMMM” DUK joriy yilda quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishi lozim.
1. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot” davlat dasturi tadbirlarining ijrosini taʼminlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi radiochastota spektri monitoringi tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi dasturni amalga oshirishni boshlash.
3. Raqamli transformatsiya va jarayonlarni raqamlashtirishni davom ettirish.
4. Radiochastota organlari va manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda efirda axborot xavfsizligini ta’minlash.
5. Mamlakatning turli hududlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish.
6. Korxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning mehnat sharoitlarini muntazam ravishda yaxshilash va ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash.

Shuningdek, yig‘ilishda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi D.T.Rustamov tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va “EMMM” DUK hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’ruza qilindi. Ma’ruzada o‘tgan bir yillik natijalarga ko‘ra korxona ijobiy baholangani haqida e’tirof etildi.

Yig‘ilish yakunida rahbarlar tomonidan markaziy apparati xizmat va bo‘limlari hamda tizimiy tarkibiy bo‘linmalari boshliqlariga ish faoliyatida mas’uliyatli va sidqidildan ish olib borishlari kerakligi haqida ham alohida urg‘u berildi.

