EMMM yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

2025-yil 14-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida fuqaro muhofazasi yo‘nalishida navbatdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ehtimoliga qarshi tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda holatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kuch va vositalarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirishga qaratildi.

photo2025-05-1517-51-37.jpg

photo2025-05-1517-51-42.jpg

O‘quv mashg‘uloti “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda boshqaruv organlari va hamkorlikdagi xizmatlar bilan o‘zaro harakatlarni takomillashtirish” mavzusida tashkil etildi.

photo2025-05-1517-51-48.jpg

photo2025-05-1517-51-53.jpg

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadlari:

    1. Xabar berish tizimini takomillashtirish, boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yig ‘ishni to‘g‘ri tashkil etish;

    2. Boshqaruv organlari, kuchi va vositalarini tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar harakat qilishi;

    3. Obyektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari vazifalarini mustaqil ravishda bajarish va boshqa tuzilmalar va kuch tuzilmalari bo‘linmalari va hamkorlikda xizmatlar bilan harakatlarida hamjihatlik darajasini oshirish, shuningdek mol-mulk va jihozlar muntazam foydalanish qobiliyatlarini egallash;

    4. “EMMM” DUK xodimlarning funksional vazifalarini amaliy o‘zlashtirishga, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va ularning harakatlarini yuqori saviyaga olib chiqish;

    5. Fuqaro muhofazasi bo‘limlari shaxsiy tarkibida yuqori ahloqiy va psixologik fazilatlarni rivojlantirish;

photo2025-05-1517-51-57.jpg

Mazkur tadbirda korxona ma’muriyati, fuqaro muhofazasi shtabi, xizmatlar va tuzilmalarning shaxsiy tarkibi, evakuatsiya guruhi. Shuningdek, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi, Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB, Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etishdi.  

photo2025-05-1517-52-02.jpg

Mashg‘ulot davomida shartli favqulodda vaziyat yuzaga kelgan holatdagi harakatlar, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, muhofaza vositalaridan foydalanish, shuningdek, avariya-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi. Boshqaruv organlari va hamkorlikdagi xizmatlar bilan obyekt hududida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish, zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish va hududni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha tajriba almashildi.

photo2025-05-1517-52-07.jpg

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

photo2025-05-1517-52-11.jpg

Bunday mashg‘ulotlar tashkilot xodimlarining ogohlik darajasini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

photo2025-05-1517-52-17.jpg

photo2025-05-1517-52-22.jpg

Faylni tanlang