EMMM yangiliklari

Zakovatli xodimlar – korxonamiz tayanchi va kelajagi

Tashkilotimizda faqat mehnat unumdorligini oshirish emas, balki xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

photo2026-07-2815-07-51.jpg

Xususan, joriy yilning 24-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi hamda uning hududiy tuzilmalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish bo‘yicha 2026-yil uchun yillik taqvim reja”ning tegishli bandlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari orasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

photo2026-07-2815-08-12.jpg

Intellektual o‘yinda “Birinchi va ikkinchi renessans – buyuk daholar davri”, “Millat oydinlari” va “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzularida savollar berildi.

photo2026-07-2815-08-19.jpg

Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanishi arafasida ushbu mavzularning yoritilishi milliy qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish uchun turtki bo‘lishiga ishonamiz.

photo2026-07-2815-08-24.jpg

Viktorina davomida xodimlarimiz barcha savollarga o‘z bilim va dunyoqarashidan kelib chiqib mantiqan to‘g‘ri javoblar berishga harakat qilishdi, javoblarni tarixdagi voqea hodisalar bilan bog‘lab bilimlarni yanada mustahkamlashdi.

photo2026-07-2815-08-29.jpg

Intellektual va zukko xodimlar — har bir korxonaning eng katta boyligi va kelajagidir. Zero, bilimli va zakovatli jamoa bilan har qanday yuksak marralarni zabt etish mumkin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov

Faylni tanlang