EMMM yangiliklari

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari tomonidan ezgu tashabbus: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga ko‘mak berildi

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar doirasida navbatdagi ezgu tashabbusga qo‘l urildi. Korxonamizda faoliyat yuritayotgan ko‘ngilli xodimlar tomonidan yig‘ilgan mablag‘ evaziga Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan va yolg‘iz ona bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol holidan xabar olindi.

photo2025-05-2315-48-35.jpg

Tashrif davomida ushbu ayolga kundalik ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ushbu tashrif nafaqat moddiy yordam balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr va e’tibor ifodasi bo‘ldi.

photo2025-05-2315-48-41.jpg

Mazkur xayriya tadbiri yoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat kabi insoniy fazilatlarni mustahkamlashga, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari bunday xayrli ishlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Shu kabi ezgu tashabbuslar korxonamiz jamoasining jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Faylni tanlang