Joriy yilning 7-aprel sanasida Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy boʻlinmasi malakali xodimi Sh.Xoldorova ishtirokida “Til – millat iftixori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Markaz mutaxassisi tomonidan quyidagi fikrlar bildirildi. O‘tgan davr mobaynida ona tilimiz nufuzi oshganligi, globallashuv jarayoniga mos yangi atamalar bilan boyitilganligi alohida ta’kidlandi. Ona tilining tarixiy ildizlarini yanada chuqurroq va har tomonlama ilmiy o‘rganish, foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi bu bebaho merosni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganligini e’tirof etishdi.

Til – millat ko‘zgusi. Har qanday millatning hayoti uning ona tilida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ushbu ta’rifni munosib targ‘ibot qilish va aholi ongiga chuqur singdirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan har yili 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida tantanali nishonlanib kelmoqda.
Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov