Yurtimizda ehtiyojmand kishilarga yordam berish, nogiron va bemorlarning holidan xabar olish, boquvchisi yo‘q yolg‘iz onalarni qo‘llab quvvatlash, ko‘ngli yarimga madad berish xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilikning yorqin ko‘rinishidir.
Ana shunday an’analarimiz, qadriyatlarimiz yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Albatta korxonamiz ham ezgu va savobli amallarni bajarishda faollik ko‘rsatib kelmoqda.
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yolg‘iz yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi va nogiron farzandlari bor fuqarolar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirda korxona mas’ul xodimlari va Yashnobod tumani Ma’rifat MFY mahalla raisi Abduroziqova Nasiba Alimovna bilan birgalikda 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uylariga tashrif buyurdilar.
Bular, Murg‘ob 1-tor ko‘chasi 24-uyda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa ayol Aysina Valentina holidan xabar olindi, zarur oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.
Baku ko‘chasi 214-dom 11 A-xonadonda istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz ona Roziqova Sevara Abdushukurovnaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Shuningdek, Farg‘ona yo‘li-15 9/15-xonadonda istiqomat qiluvchi Choriyev Umidjon Elomonovich 2-guruh nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj erkak holidan xabar olindi, zarur oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.