Xorazm viloyati hududida radioelektron vositalar (radiostansiyalar, sunʼiy yo‘ldosh tizimlari) va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va(yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning aprel oyi davomida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida chegara bojxona posti orqali viloyat hududiga noqonuniy olib kirilayotgan:
• 1 dona mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytiruvchi retranslyator (repiter) qurilmasi,
• 26 dona turli rusumdagi radioelektron vositalar aniqlanib, ularning olib kirilishining oldi olindi.

Aniqlangan qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 801-son qarori 2-ilovasida tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablariga, shuningdek Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-son hamda 2024-yil 13-iyundagi 787-son qarorlariga muvofiq emasligi qayd etildi.
Mazkur holatlar yuzasidan Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan tegishli texnik ekspertiza xulosalari taqdim etildi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev