Joriy yilning 6-avgust kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari o‘rtasida fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishning asosiy maqsadlari:
- Xabar berish tizimini takomillashtirish, boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yig‘ishni to‘g‘ri tashkil etish;
- Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda boshqaruv organlari va hamkorlikdagi xizmatlar bilan o‘zaro harakatlarni takomillashtirish;
- Xodimlarning funksional vazifalarini amaliy o‘zlashtirishga, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va ularning harakatlarini yuqori saviyaga olib chiqish.


Mashg‘ulot davomida shartli ravishda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan holatdagi harakatlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, muhofaza vositalaridan foydalanish hamda yong‘inga qarshi kurashishda birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.
Bunday amaliy o‘quv mashg‘ulotlar tashkilot xodimlarining ogohlik darajasini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev