2025-yilning 25-iyul kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari H.Matyusupov va U.Xamrayevlar tomonidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroport” chegara bojxona posti hodimlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish” to‘g‘risidagi 801-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroport” chegara bojxona posti orqali viloyatimizga olib kirilayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari va har xil rusumdagi radioelektron vositalari aniqlanganligi alohida qayt etib o‘tildi.

Ushbu, aniqlangan radioelektron vositalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 2-ilovasi “Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli va 2024-yil 13-iyundagi 787-sonli qarorlari talablariga mos kelmasligi bo‘yicha Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan texnik ekspertiza xulosalari berilganligi aytib o‘tildi.
O‘quv seminarida ushbu qarorlarning mazmun-mohiyati muhokama qilinib, seminar ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev