EMMM yangiliklari

Bojxona postidagi o‘quv seminar

2023-yil 24-mart kuni Namangan viloyati EMMX muhandislari tomonidan Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Namangan” TIF bojxona postida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.


Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Nizomi” va “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom” larning mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.

 Bundan tashqari, bojxona posti xodimlariga Namangan viloyati EMMX faoliyati, uning funksional vazifalari, radiomonitoring tizimining umumiy texnik imkoniyatlari haqida hamda REV va YuChQlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

 Shuningdek, o‘quv seminari ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.


 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi X.T.Boltaboyev

Faylni tanlang