Bahor fasli kirib kelishi bilan yurtimizning hamma joylarida obodonlashtirish va tozalash ishlari o‘tkaziladi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Navro‘zi olam shodiyonalari tobora yaqinlashmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida ushbu qutlug‘ ayyomni munosib kutib olishga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.
Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ham yurtimizning obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shib korxonamizga biriktilgan bog‘da, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish va daraxtlarni tagini yumshatish, obodonlashtirish va tozalash ishlari bajarildi.
Xalqimizga xos bunday xayrli ishlarda pok niyatlarimiz, ezgu orzu-maqsadlarimiz o‘z ifodasini topmoqda. Navro‘z va hayit bayrami arafasida obodonlashtirish va tozalik tadbirlarini o‘tkazilishi ham eng ulug‘, eng aziz ayyomni yurtimizning har bir go‘shasida munosib nishonlashga xizmat qilmoqda.



Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev