O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Elektromagnit moslashuv markazi” mutaxassislari hamda Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) 1-sonli ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (IIB HPB) xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chilonzor tumani, Tirsakobod MFY hududida fuqaro Sh.Eshimov tomonidan 2 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositalaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan aniqlangan daliliy ashyolar Chilonzor tumani IIO FMB
1-sonli IIB HPB xodimi tomonidan narsani olish dalolatnomasi rasmiylashtirilib, xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.
Tayyorladi: “EMMM” 1-toifali muhandisi Y.Kuryazov