EMMM yangiliklari

Toshkent shahrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi qarori asosida 122 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositalari yo‘q qilindi

2023-yilning 7-dekabr sanasida “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi radionazorat va texnik rivojlanish xizmati mutaxassislari, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi xodimlari hamda Toshkent shahar IIBB Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” savdo markazida tezkor tadbir o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro T.Sh. 122 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositalarini radiochastota organining tegishli ruxsatnomalarini rasmiylashtirmasdan respublika hududiga olib kelib, noqonuniy sotayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatib qolindi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2024-yil 16-yanvardagi 3-1006-2401/400-sonli ijro varaqasi asosida huquqbuzardan ashyoviy dalil sifatida olingan radioaloqa vositalari vaqtinchalik saqlash uchun “EMMM” DUKga topshirilgan.

 photo2025-06-1612-36-15.jpg

Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining qarori asosida - O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byuro‘si Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limining 2025-yil 26-maydagi Sud qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha chiqarilgan BM-200-04/1-2025-sonli murojaat xatiga asosan,  mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi 2025-yil 28-maydagi 100724039254-sonli dalolatnomasi asosida Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “EKO PROTECTION TOSHKENT” omborida yo‘q qilindi.

photo2025-06-1612-36-22.jpg

 

Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov

Faylni tanlang