EMMM yangiliklari

Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani 5-sonli IIB HPB xodimlari hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “IMPERIAL CLUB CITY” Turar joy majmuasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, “IMPERIAL CLUB CITY” Turar joy majmuasida elektr ustasi lavozimida ishlovchi fuqaro A.B. tomonidan “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalaridan hozirgi kunda radiochastota organlarining tegishli  ruxsatnomalarisiz noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi. 

 

Aniqlangan qoidabuzarlik  yuzasidan Toshkent shahar Yunusobod tumani 5-sonli IIB HPB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida REVlari vaqtinchalik olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.

 

 

Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov

Faylni tanlang