O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB xodimlari hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda joriy yilning may oyida Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan “Mega Planet” savdo markazining yerto‘lasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro B.Eminjonovga tegishli lacetti rusumli avto mashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidan 189 dona “Baofeng BF-888S” rusumli va 10 dona “Baofeng BF-C2” rusumli hamda yaroqsiz nosoz holatdagi 2 dona Baofeng rusumli radioelektron vositalarini hozirgi kunda radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz, qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirib, sotayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida REVlari vaqtinchalik olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar chora ko‘rish uchun manfaatdor idoraga yuborildi.
Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov