EMMM yangiliklari

Tabiiy gaz hisoblagichlarni tabiiy gaz iste‘moli hisobini yuritish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimining toʻliq va samarali ishlashini yoʻlga qoʻyish boʻyicha radiomonitoring tadbirlari

Xorazm viloyati bo‘ylab tabiiy gaz iste’molchilaring hisoblagichlaridagi koʻrsatgichlarini uzatish bilan bogʻliq muammoli boʻlgan  hisoblagichlarni tabiiy gaz iste‘moli hisobini yuritish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimining toʻliq va samarali ishlashini yoʻlga qoʻyish boʻyicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, “Hududgazta’minot” AJ, mobil aloqa operatorlari hamda “Texnopark” MChJ mutaxassislari ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Hozirda Urganch, Yangiariq, Bog‘ot va Gurlan tumanlarda bo‘lib, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan belgilangan hududlarda mobil aloqa sifati va signal sathini o‘lchash bo‘yicha radiomonitoring ishlari o‘tkazildi.

Shuningdek,  Xorazm viloyatining aholi yashash hududlarida mobil aloqa operatorlarining 2G aloqasi bilan yuz foiz ta’minlanganli hamda tabiiy gaz iste‘molchilarining hisoblagichlaridagi ko‘rsatkichlarni mobil aloqa operatorlarining 2G aloqa tizimi orqali ishlashini inobatga olgan holda hududlarda 2G signal sathi yuqori bo‘lgan mobil aloqa operatorlari ko‘rsatib berildi.

Natijada tabiiy gaz iste‘molchilaring hisoblagichlaridagi shu bilan bog‘liq muammolar joyida bartaf qilinmoqda.

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang