EMMM yangiliklari

Surxondaryoda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkazildi

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK rahbariyati tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqotlar doirasida navbatdagi sayyor qabul Surxondaryo viloyatida tashkil etildi.

sdfsdfbbbbb853x641.jpgdsfsdfsdf657x639.jpg

Tadbir 14-fevral kuni “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali binosida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulni Surxondaryo viloyati EMMX boshlig‘i T.K.Ashurov ochib berdi. 

dfgdfgcvcc1000x751.jpg

Shundan so‘ng, so‘z “EMMM” DUK boshlig‘i o‘rinbosari A.X.Xashimxodjaevga berildi. U tadbir ishtirokchilariga kun tartibidagi mavzular bo‘yicha atroflicha tushuntirish berdi. Xususan:

    • O‘zbekiston Respublikasida elektromagnit moslashuv sohasini rivojlantirish va tartibga solishga oid qonun va qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berildi.

    • Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.

    • 701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 801-sonli qarori doirasida sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar tushuntirildi.

    • Radioelektron vositalar (REV) va yuqori chastotali qurilmalar (YChQ) egalari uchun yaratilgan yengilliklar va ruxsatnoma olish tartibining soddalashtirilgani haqida axborot berildi.

bvcbdfbdfg1000x751.jpg

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali REV va YChQ egalari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida “Temir yo‘l infratuzilma” AJ Termiz aloqa va signallashtirish masofasi filiali aloqa bo‘limi mutaxassisi O‘.Bakarov radioelektron vositalardan foydalanishda analog standartlardan raqamli tizimlarga o‘tish bo‘yicha savol bilan murojaat qildi. Ushbu savolga A.X.Xashimxodjaev tomonidan batafsil javob berildi.

Sayyor qabul davomida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, shuningdek, “EMMM” DUK yoki Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislariga murojaat qilish imkoniyati taqdim etildi. Tadbirda ochiq muloqot shaklida soha vakillari va fuqarolar o‘rtasida fikr almashinuvi amalga oshirildi.

Ushbu tadbir elektromagnit moslashuv sohasida ochiqlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang