EMMM yangiliklari

Surxondaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari o‘rtasida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda bayramning kelib chiqishi, uning tarixiy ahamiyati hamda millatimizning boy an’analari haqida so‘z yuritildi.

vbndfgdfg1000x751.jpg

Tadbir davomida ishtirokchilarga Navro‘zning qadimiy ildizlari, uning xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bayramning milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq jihatlari, mehr-oqibat, saxovat va ahillikni targ‘ib etuvchi jihatlari muhokama qilindi.

dfgdfgdfgdfgdfgdfg1000x605.jpg

Suhbat davomida qisqa video roliklar namoyish etilib, unda Navro‘zning turli hududlarda qanday nishonlanishi, bayramning urf-odatlarimizga singib ketgan o‘ziga xos jihatlari aks ettirildi. Ishtirokchilar ushbu tadbirdan katta taassurotlar olib, Navro‘z bayramining milliy o‘ziga xosligini yanada chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

dfgdfgdfgdfgvbcbbb1000x751.jpg

 

Bunday tadbirlar xalqimizning qadriyatlarini asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Navro‘z – bu faqatgina yangi yilning boshlanishi emas, balki yangilanish, ezgulik va tabiat uyg‘onishining timsoli hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang