EMMM yangiliklari

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan salbiy illatlardan sanaladi. Davlat organlari va tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib borishlari lozim. 

Korrupsiya va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etilishining oldini olish maqsadida 2024-yil 27-sentabr kuni Sirdaryo viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. 

Ushbu tadbir davomida Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.Xidirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2024-yil 27-sentabrdan amalga kiritilgan KINH 26:2024 va KINH 27:2024 korxonaning ichki normativ hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

  Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, korxona xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, bu jinoyatga birgalikda qarshi kurashish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda keng jamoatchilik rolini kuchaytirishdan iboratdir.

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.Xidirov

Faylni tanlang