EMMM yangiliklari

“Raqamli Ipak Yoʻli: Samarqand–Jizzax yoʻnalishida mobil aloqa qamrovi”

Samarqand shahri va Samarqand–Jizzax temiryo‘l yo‘nalishida olib borilgan tahlillar mobil aloqa sifati bo‘yicha muhim ma’lumotlar berdi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Samarqand shahrining markaziy hududlari, ayniqsa sayyohlik obyektlari joylashgan joylarda 4G aloqasi yaxshi ishlamoqda. Bu yutuq sifatida baholanishi mumkin, chunki sayyohlar va mahalliy aholi uchun bu juda qulay.

photo2025-05-1518-01-26.jpg

Aloqa operatorlari, jumladan Uzmobile, Mobiuz, Ucell va Beeline tomonidan asosiy joylarda barqaror internet ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Ba’zi joylarda hatto yuqori tezlikdagi 5G tarmog‘i ham faoliyat yuritmoqda. Bu esa raqamli xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi.

photo2025-05-1518-01-30.jpg

Samarqand–Jizzax temiryo‘l yo‘nalishida o‘tkazilgan monitoring natijalariga asosan tegishli xulosalar olindi. Masalan, temiryo‘l bekatlari atrofida mobil signal kuchli, internet tarmog‘i ishlayapti. Bu yo‘lovchilar uchun albatta qulaylik yaratadi.

Shu bilan birga, yo‘nalishning ba’zi qismlarida signal kuchsiz yoki yo‘qligi kuzatildi. Buni relefning murakkabligi bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, kuzatishlar davomida shunday holatlar aniqlandiki, 4G mavjud bo‘lgan hududlarda ham telefon avtomatik ravishda pastroq tarmoqqa ulanib qolmoqda, bu esa internet tezligining pasayishiga olib kelmoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish uchun texnik sozlashlar zarur.

Xulosa qilib aytganda, olib borilgan monitoring natijalari kelgusida yuqori sifatli, uzluksiz va tezkor mobil aloqani ta’minlashga zamin yaratadi.

photo2025-05-1518-01-34.jpg

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX I-toifali muhandisi Valetov R.

Faylni tanlang