EMMM yangiliklari

Raqamlashtirish va halollik – korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali vosita

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda davlat boshqaruvini raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Elektromagnit moslashuv markazida ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektron hujjat aylanishining Ijro.gov.uz tizimi, avtomatlashtirilgan hisob tizimlari hamda 13 turdagi interaktiv xizmat joriy etilgan. Bu esa boshqaruv jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, qarorlar qabul qilishda xolislikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Korrupsiyaning oldini olishda zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda halollik, xizmat intizomi, kasbiy etika va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda markazda ichki nazorat tizimi takomillashtirilmoqda, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda raqamlashtirish nafaqat xizmatlar sifatini oshirish, balki korrupsiyaning oldini olishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Elektromagnit moslashuv markazi bundan buyon ham zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishni davom ettiradi. Zero, halollik va raqamlashtirish — ochiq, shaffof hamda korrupsiyadan holi boshqaruvning mustahkam asosidir.

photo2026-07-2716-05-15.jpg

 

Buxoro viloyati EMMX boshlig‘i v.b. N.R.Djurayev

Faylni tanlang