Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan joriy yilning fevral oyi davomida “COSCOM” MCHJ hamda “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” MCHJ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali radioxalaqitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi kelib tushgan arizalariga asosan, noqonuniy ravishda foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hamda Yakkabog‘ tumanida radiomonitoring tadbirlari olib borildi.
Radiomonitoring tadbiri davomida Qarshi shahrida joylashgan “Farxod” qurilish mollari bozori hududida va Yakkabog‘ tumani Kenguzar MFY Chig‘atoy qishlog‘ida fuqaro xonadonida o‘rnatilgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytiruvchi retranslyator (repeater) qurilmasi mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari ishlashiga radioxalaqit berayotganligi aniqlandi va faoliyatiga chek qo‘yildi.
Qashqadaryo viloyati EMMX muhandisi A.A. Sultonov