EMMM yangiliklari

Radioxalaqitlar bartaraf etildi

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan hamda Farg‘ona viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxalaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan murojaatlariga asosan joriy yilning 25-mart kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar va Farg‘ona tumani hududlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

  Hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Farg‘ona shahar A. Navoiy ko‘chasi hududida “ORZU GRANT EXPRESS” MChJ tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi va Farg‘ona tumani Oqtom MFYda joylashgan “FUBER SIDE PLAST” MChJ tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi mobil aloqa tayanch stansiyalariga radioxalaqitlar hosil qilayotganligi aniqlandi. Ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalariga ogohlantirish xatlari berildi va ulardan foydalanish to‘xtatildi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.I.Sadixanov

Faylni tanlang