Buxoro viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxalaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalariga asosan Buxoro viloyati hududida radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro viloyati hududida yashovchi fuqarolar tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari mobil aloqa tayanch stansiyalariga salbiy radioxalaqitlar sodir etayotganligi aniqlandi. Sodir bo‘layotgan salbiy radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalariga ogohlantirish berildi va ulardan foydalanish man qilindi.
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish (xorijdan xarid qilish) va ulardan foydalanish qat’iyan man qilinadi.
Retranslyator qurilmalaridan foydalanuvchilar o‘zlari tomonidan foydalanilayotgan qurilmalardan, mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga radioxalaqit hosil bo‘lishini oldini olish uchun barcha zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik choralarni ko‘rishlari kerak.
Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov