EMMM yangiliklari

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

photo2026-06-0118-02-01.jpg

 

Hurmatli yurtdoshlar!

 

Barchangizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu ulug‘ va qutlug‘ bayram barchamizning xonadonlarimizga tinchlik, fayz-u baraka, mehr-oqibat hamda quvonch olib kirsin.

 

Qurbon hayiti insonlarni ezgulikka, saxovat va bag‘rikenglikka chorlaydigan, mehr-muruvvat va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlaydigan muqaddas ayyomdir. Shu muborak kunlarda har bir oilada shodlik, hamjihatlik va baxt hukm surishini tilaymiz.

 

Yaratgandan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va har bir xonadonga sog‘lik-salomatlik, qut-baraka ato etishini so‘rab qolamiz. Qilgan ibodat va ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

 

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ishlaringizga ulkan muvaffaqiyat tilaymiz.

 

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin! 

Faylni tanlang