Joriy yilning 28-29-sentabr kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilish maqsadida, Qashqadaryo viloyati EMMX xodimlari qadimiy Buxoro va Xiva shaharlarida joylashgan tarixiy obida va qadamjolarga ikki kunlik sayohatni amalga oshirdilar.
Sayohat davomida Qashqadaryo viloayti EMMX xodimlari go‘zal va betakror Buxoro va Xiva shaharlarining qadimiy obidalari, meʼmoriy yodgorliklari hamda ushbu zaminning o‘ziga xos milliy an’analari bilan yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa qadimiy Buxoroning ramzlaridan biri Ark qal’asi, Xivadagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik - Ichan qal’a barchamizda o‘zgacha taassurot uyg‘otdi. Ushbu sayohatimiz davomida boy tariximiz haqida ko‘plab ma’lumotlarga va qiziqarli faktlarga ega bo‘ldik.
Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.A. Qudratov