EMMM yangiliklari

Samarqand viloyatining tumanlaridagi mahallalar hududlarida mobil aloqa va Internet xizmatlari qamrovini o‘lchash ishlari amalga oshirildi

Hozirgi kunda mobil aloqa xizmatlariga bo‘lgan talabning hamda ushbu xizmatlar foydalanuvchilari sonining oshishi mobil aloqa xizmatlari qamrovi holatini yanada ko‘proq o‘rganishni va tahlil qilishni talab etmoqda.

Ushbu ishlarni kengroq amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Kambag‘allikdan farovonlik  sari”  dasturini  amalga  oshirishning  qo‘shimcha  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  

2024-yil  30-noyabrdagi  199-son  majlisi bayoni hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 3-yanvardagi 28-8/20-son topshiriq xatiga muvofiq, joriy yilning yanvar oyi davomida Samarqand viloyatining tumanlaridagi mahallalar hududlarida mobil aloqa va Internet xizmatlari qamrovini o‘lchash ishlari amalga oshirildi.

  

O‘lchov ishlari davomida Germaniya davlati “Rohde&Schwarz” kompaniyasining Android smartfonlariga o‘rnatilgan QualiPoc maxsus dasturiy ta’minoti vositasida mahallalar hududlarida mobil aloqa operatorlarining 2G, 3G va 4G texnologiyalaridagi mobil aloqa va Internet qamrovi holati bo‘yicha, shuningdek, TSME 6 skaner va Romes dasturiy ta’minoti vositasida tumanlarning asosiy avtomobil yo‘llaridagi mobil aloqa va Internet qamrovi holati bo‘yicha o‘lchov ishlari olib borildi.

  

 

Amalga oshirilgan ishlar yakunida o‘lchov natijalari asosida mahallalar hududlaridagi hamda tumanlarning asosiy avtomobil yo‘llaridagi mobil aloqa va Internet qamrovi holati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi.

Qayd etish joizki, yuqorida keltirilgani kabi o‘lchov ishlarini olib borish natijasida tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar mobil aloqa operatorlariga xizmatlar qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev

 

Faylni tanlang