Soha yangiliklari

Kiberfiribgar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun yordam beradigan foydali raqamli vositalar

Kiberfiribgarlar tobora yangi usullardan foydalanayotgan bir paytda shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish har qachongidan ham muhim. Quyidagi bepul xizmatlar shubhali fayllar, havolalar va ilovalarni tekshirishda sizga yordam beradi.

@cyberqalqonbot
Telegram orqali yuborilgan noma’lum yoki shubhali faylni botga yuboring.
Bot qisqa vaqt ichida faylni tahlil qilib, uning xavfsiz yoki zararli ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bu viruslar va zararli dasturlarni ochishdan oldin xavfni aniqlash imkonini beradi.

Xavfsizlink.uz
Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- shubhali QR-kodlarni tekshirish;
- .doc, .docx, .xls, .xlsx, .pdf, .exe, .bat, .apk va boshqa formatdagi fayllarni xavfsizlik nuqtayi nazaridan tahlil qilish;
- shubhali havolalarni tekshirish va ularning xavfsizligini baholash;
- foto va videolarning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yoki haqiqiy ekanligini aniqlashga ko‘maklashuvchi tahlil natijalarini taqdim etish.

Check Permission mobil ilovasi
Mazkur Android ilovasi qurilmadagi ilovalarni avtomatik tahlil qilib, zararli dasturlarni aniqlash va ularning o‘rnatilishining oldini olishga yordam beradi.

Agar qurilmada zararli ilova aniqlansa, foydalanuvchiga tezkor bildirishnoma yuboriladi. Ilova internetga ulanmagan holatda (offline) ham ishlaydi.

Hurmatli fuqarolar!
Yuqoridagi barcha vositalar Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etiladi.

Kiberxavfsizlik qoidalariga amal qiling va ishonchli raqamli vositalardan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling.

Faylni tanlang