“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha “Yillik kalendar reja” tasdiqlangan.
Rejaning 6-bandida, 21-mart – Navro‘z umummilliy bayram munosabati bilan “An’ana, urf-odat va qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlarini tashkil qilish vazifalari belgilangan.

Ushbu band ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari joylarda “Dunyo nurga toʻlsin, sening bilan Navro‘z!” shiori ostida o'tkazilayotgan Navro‘z umumxalq bayrami tadbirida ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida qoraqalpoq xalqining o‘tovlari qurilgan, milliy taomlar hamda hunarmandchilik koʻrgazmalari tashkil qilingan.

Badiiy jamoalar va xonandalar tomonidan ijro etilgan bahor, yoshlik va Navro‘zni madh etuvchi kuy-qo‘shiq va raqslar hamda folklor guruhining chiqishlari barchaga birdek quvonch ulashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.