EMMM yangiliklari

Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar tomonidan 2024-yil mobaynida hamkorlikdagi ishlar rejasiga muvofiq joriy yilning 16-dekabr kuni Nukus shahar IIB jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi shaxsiy tarkibiga o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminarga Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Babajanov raislik qildi va kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-son qarori (mazkur qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar -  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23‑avgustdagi 417-son qarori) bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi.

Ushbu Nizom bo‘yicha REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda joylardagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari to‘g‘risida aytib o‘tildi. Undan tashqari, noqonuniy ishlayotgan REVlar aniqlangan vaziyatlarda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-toifali muhandisi Dlekeev M.O.

Faylni tanlang