EMMM yangiliklari

Noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 28-iyul kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, Urganch tuman IIB va “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basi xodimlari tomonidan “REV va YСhQlarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2025-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Urganch tumani 

Al-Xorazmiy shaharchasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jarayonida Urganch tumani Al-Xorazmiy shaharchasi hududidagi ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurilishida quruvchilar tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanib kelinayotgan radioelektron vositalar aniqlandi.

photo2025-07-3117-42-19.jpg

 Ushbu aniqlangan radioelektron vositalar yuzasidan Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan texnik ekspertiza xulosalari berilib, qonunchilikka muvofiq, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilishi uchun hujjatlar “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.

photo2025-07-3117-42-24.jpg

Shuningdek, Urganch tumani Al-Xorazmiy shaharchasi hududida faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari ishchi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi. 

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang