EMMM yangiliklari

Namangan viloyati EMMX xodimi “Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida” malaka oshirdi

Har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, avvalo, oʻz madaniyati, azaliy qadriyatlari, shuningdek, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida eʼtibor qaratishi tabiiy.

Shu jumladan, Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ham doimiy ravishda Davlat tiliga va Davlat tilida ish yuritishga doimo e’tibor qaratib kelmoqda.  

Joriy yilning may oyida “EMMM” DUKning tegishli rejasiga asosan, xizmatimizning 2-toifali muhandisi E.Mamatqulov “Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida”  bir oy davomida davlat tili boʻyicha onlayn Zoom platformasi orqali oʻquv kursida qatnashib, oʻz malakasini oshirdi. Ushbu markaz ustozlari malaka oshirayotgan xodimlarga lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosi, soʻzlarning yozilishi, talaffuzi va boshqa qonun-qoidalari boʻyicha batafsil tushunchalar berishdi. 

photo2025-06-1612-44-02.jpg

Oʻquv darsi yakunida malaka oshirayotgan qatnashchilar olgan bilimlari boʻyicha test va ogʻzaki imtihonlar asosida baholanishdi. Bizning xodim ham imtihonlarni a’lo baholarga topshirdi va malaka oshirganlik toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻldi.

photo2025-06-1612-44-08.jpg

Shu yilning 12-iyun kuni Namangan viloyati EMMXda “Davlat tili va davlat tilida ish yuritish” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi. Bu seminarda malaka oshirgan 2-toifali muhandis E.Mamatqulov xodimlarga oʻquv kursidan olgan bilimlarini hamda Davlat tilining ahamiyati, davlatchilik shakllanishidagi o‘rni va uni mamlakatimizda yashovchi turli millat vakllarini bog‘lovchi yagona til sifatida qo‘llanib kelayotganligi to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

photo2025-06-1612-44-13.jpg

 

Tayyorladi: 

Namangan viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi  F.A.Jurinov

Faylni tanlang