
Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2024-yil 14-dekabrdagi 24‑F‑sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari oila a’zolari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi ekskursiyalar xodimlar va yosh avlodga ma’naviy ozuqa berish hamda ularda Vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.