“EMMM” DUKga Latviya Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Latviya Respublikasining Elektron kommunikatsiyalarini boshqarish kengashi raisi Yanis Barda, kengash a’zosi Yuris Porins, Radiomonitoring boshqarmasi boshlig‘i Maris Aleksandrovs va Radiomonitoring boshqarmasi bosh mutahassisi Ilmars Lazdins.
Tashrif davomida mehmonlar “EMMM” DUK faoliyati, radiomonitoring va elekttromagnit moslashuvchanligini ta’minlash hamda radioxastota spektridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Delegatsiya, “EMMM” DUK asosiy binosida joylashgan radiomonitoring boshqaruv markazi, avtopark hamda trening markazida bo‘lishda. U yerda “EMMM” DUK ning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, radiomonitoring tadbirlarini o‘tkazish jarayoni, mobil stantsiylar shayligi hamda malakali mutaxasassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash metodikalari taqdim etildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar Radiochastota spektrini to‘g‘ri taqsimlash undan unumli foydalanish sohasidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qildilar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik salohiyatini ko‘rib chiqdilar.




