Bizga ma’lumki, korrupsiya jamiyat rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat bo‘lib, har qanday davlat va jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradigan omillardan biri sifatida baholanadi.
Korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki jamiyat va davlat uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladigan illatdir. Shu bois aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish orqali ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin.


Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilangina ushbu umuminsoniy illatga qarshi kurashishda samarali natijalarga erishish mumkin.
Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda, Qashqadaryo viloyati EMMXda joriy yilning 6-mart kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyotining asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri ekani, uning davlat boshqaruvidagi salbiy ta’siri hamda keltirib chiqaradigan zararli oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, xalqaro tajriba va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha fuqarolar va tashkilotlarning hamkorligi muhim ekanini ta’kidlab, o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar.
Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Bahodir Rahmonov