EMMM yangiliklari

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ DUSHMANI

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishni anglatadi.

Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan eng asosiy global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladigan salbiy illatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.

Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Dunyoda korrupsiyaning turi ham, tavsifi ham juda koʻp. Uning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, unga qarshi kurashishning samarali yoʻllarini topish boʻyicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar oʻtkazilmoqda. Bu borada turli koʻrsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar ham yaratilgan, oʻziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning ildizi va yechimini topishga qaratilgan har xil formulalar ham ishlab chiqilganki, bu boradagi ishlar va izlanishlar bugungi kunda ham izchil davom ettirilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi jamiyatimizning har bir a‘zosiga tegishli bo‘lib, halol va vijdonan mehnat qilish, korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ham ko‘ra, uni barvaqt oldini olish muhim masaladir.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang