Joriy yilning 24-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Ma’naviy va ma’rifiy ishlar va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan markaziy apparat xodimlari uchun “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan ushbu kitobxonlik tadbirida xodimlar “O‘ZBEKISTON” nashriyot-matbaasi tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlardan xarid qildilar.
Yarmarkada sotib olingan kitoblarning bir qismi an’anaga muvofiq xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.