EMMM yangiliklari

“Hamkorlikda yangi bilimlar sari: Teleradio uzatkichlardan foydalanish oʻquv mashgʻulotlari”

“EMMM” DUKning 2025-yil 28-martdagi 10-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyatida Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari EMMX xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy trening tashkil etildi. Mazkur trening “EMMM” DUKning RNvaTR xizmati mutaxassislari tomonidan o‘tkazilib, unda teleradio uzatkichlaridan samarali foydalanish, shuningdek, ushbu uzatkichlar tarkibiga kiruvchi antenna-fider qurilmalarini joylashtirish, sozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

photo2025-04-2916-47-18.jpg

2025-yil 14-apreldan 18-aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida tashkil etilgan o‘quv-amaliy trening doirasida ishtirokchilarga teleradio uzatkichlarning 

texnik-ekspluatatsion xususiyatlari, funksional imkoniyatlari hamda ularni real ekspluatatsion sharoitlarda qo‘llash mexanizmlariga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar chuqurlashtirilgan tarzda yetkazildi.

photo2025-04-2916-47-25.jpg

O‘tkazilgan o‘quv-amaliy treningda Samarqand RTUMning texnik direktori boshchiligidagi mutaxassislar guruhi ham faol ishtirok etdi hamda trening tashkiliy jihatlarini amalga oshirishda bevosita o‘z hissalarini qo‘shishdi va o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.

photo2025-04-2916-47-30.jpg

Tashkil etilgan o‘quv-amaliy trening davomida EMMX xodimlari  tele-radio uzatkichlardan samarali foydalanish, antenna-fider qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar chuqurlashtirilgan tarzda yetkazildi.

photo2025-04-2916-47-35.jpg

Faylni tanlang