O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi “Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida“gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida“gi 754-sonli Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida joriy yilning 26-27 noyabr kunlari “EMMM“ DUK markaziy apparati fuqaro muhofazasi tuzilmalariga jalb qilingan xodimlar uchun FVV Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan 15 soatlik tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tayyorgarlik mashg‘ulotlarining birinchi kuni nazariy qism bo‘lib, unda Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va hududlar muhofazasi katta o‘qituvchisi D. X. Raximjonova tomonidan onlayn seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda hududlarni tabiiy va texnogen xatarlardan muhofaza qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi.

Ikkinchi kunida, xodimlar Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markaziga tashrifi amalga oshirildi. U yerda Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazi katta o‘qituvchisi L.G. Galimova xodimlarni iliq kutib olib, dastlab markazning muzey qismi bilan batafsil tanishtirdi. Tashrifning amaliy qismida xodimlar zilzila, yong‘in, portlash, suv toshqini, kimyoviy avariya kabi holatlarning virtual va amaliy simulyatsiyasiga guvohi bo‘lishdi hamda favqulodda vaziyatlarda fuqarolar qanday yo‘l tutish kerakligi haqida batafsil tushuntirildi.

Markazda 3D virtual tizimlari — yong‘in yoki portlashni vizual ravishda his qilish imkonini berdi. Shuningdek, Zilzila simulyatsiyasi xonasida maxsus tebranish platformasi orqali zilzila kuchi modellashtirilib xodimlar bino ichida qanday xavfsiz joylarni tanlash va to‘g‘ri harakatlanishni o‘rgandilar.












