EMMM yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

2025-yil 20-iyun kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida KINH 10  ““EMMM” DUKda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ hujjatlar to‘plami”ning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

photo2025-06-2515-29-31.jpg

Mazkur tadbirda boshliq o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev, Bosh komplayens inspektori T.B. Islamov, shuningdek, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmati xodimlari faol ishtirok etdilar.

photo2025-06-2515-29-26.jpg

O‘quv mashg‘ulotini xizmatning 2-toifali muhandisi M.F. Usmanov olib bordi. U o‘z ma’ruzasida xodimlarga quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni keng tushuntirib berdi:

  “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati — ushbu hujjat korxona tizimida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarda halollik tamoyillarini shakllantirish va unga qarshi murosasiz munosabatni targ‘ib qilishga qaratilgan.

photo2025-06-2515-29-21.jpg

 Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom — bu nizom orqali xodimlar o‘z xizmat faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar va xizmat vazifalari o‘rtasidagi to‘qnashuv holatlarini qanday aniqlash, oldini olish va boshqarish mexanizmlari haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘ldilar.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘tarilgan savollar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavzu yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi. Mashg‘ulot yakunida xodimlarga korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini kuchaytirish, qonuniylikka qat’iy amal qilish va shaxsiy mas’uliyatni oshirish borasida zarur tavsiyalar berildi.

                                                                                                    

Tayyorladi:

2-toifali RTMHX muhandisi M.F.Usmanov 

Faylni tanlang