Soha yangiliklari

Tuğilganlik guvohnomasini oliş uçun ortiqça hujjat talab etilmaydi!

Agar farzandingizning tuğilganligi FHDYo organida qayd etilgan bölsa, endi uning gerbli tuğilganlik guvohnomasini olişga my.gov.uz orqali onlayn murojaat qilişingiz mumkin. Buning uçun FHDYo organiga boriş yoki qoğoz hujjatlarni yuklaş talab etilmaydi.

Murojaat tartibi:

my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiriladi.
"Tuğilganlik haqidagi guvohnomani oliş" xizmati tanlanib, sörov yuboriladi.
FHDYo organi ma’lumotlarni tekşiradi va guvohnomani rasmiylaştiradi.


Guvohnoma 1 iş kunida tayyor böladi. Poçta orqali yetkazib beriş muddati 3 iş kunigaça.

Xizmat narxi BHMning 15 foizini taşkil etadi. Poçta orqali yetkazib beriş uçun alohida haq tölanadi.
 

Muhim: uşbu xizmat bolaning tuğilganligini davlat röyxatidan ötkaziş uçun emas, balki tuğiliş qayd etilganidan keyin gerbli guvohnomani oliş uçun möljallangan.


Guvohnomani rasmiylaştirişdan oldin bolaning F.I.Ş.i va ota-onaga oid ma’lumotlar töğri yozilganini tekşiriş tavsiya etiladi.

Faylni tanlang