Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi tubdan isloh etilib, ular faoliyati samaradorligini oshirish, davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, davlat organlarida sohaga oid bo‘lmagan vazifalarni qisqartirish, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng tadbiq etish, yurtboshimiz tomonidan ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
Bu borada, Davlat xizmatchilari malakasini oshirish platformasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn o‘quv tizimidir. Platforma zamonaviy o‘quv materiallari, videodarslar test sinovlari va sertifikatlash tiziimini o‘z ichiga oladi. Platformaning asosiy maqsadi – davlat xizmatchilarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashdir. Ushbu platformadan davlat fuqarolik xizmatchilari, rahbar kadrlar va davlat tashkilotlari xodimlari foydalanishlari mumkin.
Onlayn platformada quyidagi kurslar mavjud:
Energiya tejamkorligi;
Davlat xizmatchisiga zarur kompetensiyalar;
Yashil energetika;
Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi;
Iqtisodiy bilim asoslari;
Davlat xizmatiga kirish;
Har bir davlat xizmatchisi – ma’naviyat targ‘ibotchisi;
Jamoatchilik bilan samarali hamkorlik kurslari bor.
Tashkil etilayotgan ushbu qulayliklardan, Namangan viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori Q.Qo‘chqorov ham unumli foydalandi. U platformadagi masofaviy kurslarda ishdan ajralmagan holda onlayn ravishda tahsil olib, o‘z bilimi va malakasini oshirdi. Shuningdek, u tomonidan ushbu kurslar muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi va test imtihonlari yakuni bo‘yicha a’lo baholar qo‘lga kiritilib, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar olindi.
Shu munosabat bilan Q.Qo‘chqorov “Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi”dan olgan bilimlarini Namangan viloyati EMMXning xodimlariga texnik o‘quv mashg‘ulotida, taqdimot ko‘rinishida tushuntirib berdi. Ushbu taqdimot natijasida, ishtirokchilar o‘rtasida platforma kurslarida o‘qish ishtiyoqi tug‘ildi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu platforma har bir davlat xizmatchisiga zaruriy bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni mujassam etib, ularni o‘qish, o‘rganish va kelajakda shu meyorlar asosida ish yuritishga chaqiradi.
Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Sh.A.Matisakov
