Joriy yilning 6-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “Davlat tilida ish yuritish uslubi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirdan asosiy maqsad xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Davlat tilida ish yuritish qoidalari, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida ayrim harflarning imlosi, ish jarayonida davlat tilini qo‘llash masalalarida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari va xususiyati, hujjatlarni davlat tilida yuritish hamda bu borada uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 2-toifali muhandisi M.U.Ismailova