EMMM yangiliklari

Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida joriy yilning 3-iyun kuni  “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Davlat tili har bir jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini davra ishtirokchilariga tushuntirishdir.

Davra suhbatiga Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali  dotsenti Xayrullayeva Nigora Jamolxonovna taklif etildi. U so‘zga chiqib ona tilimizning tarixiy ildizlaridan tortib Davlat tili maqomini olish jarayonigacha bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar haqida aytib o‘tdi.

Ma’ruzachi o‘z nutqida ona tilimiz nufuzi va mavqeyi yildan-yilga oshib borayotgani, uning yanada taraqqiy etishi, hozirgi kunda dunyoda 50 milliondan ortiq o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar borligi hamda xalqaro maydonlarda baralla yangrashi uchun yurtimizda olib borilayotgan amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tdi. 

Shunigdek, davra suhbati davomida xizmatimiz boshlig‘i D.Tashpulatov ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatmaga amal qilib, ish yuritilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, goʻzal va jozibador ona tilimizning bebaho qadriyat ekanligini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, katta avlod uchun ham farz, ham qarzdir. Demak, til millatning maʼnaviy-ruhiy boyligi, mulki, timsoli ekan uni eʼzozlash, yuksalishi, sofligi, boyligi yoʻlida kurashish, milliy qadriyat darajasiga koʻtarish barchamizning oliy burchimizdir. 

 

Tayyorladi: 

Namangan viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi  F.A.Jurinov

photo2026-06-0515-25-30.jpg

photo2026-06-0515-25-35.jpg

photo2026-06-0515-25-41.jpg

Faylni tanlang