EMMM yangiliklari

Daraxt ekib-bogʻ yaratish ezgulik va ulugʻvorlik ramzidir

Daraxtlarga mehr bermoq, ularni parvarishlamoq eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan oʻtgan milliy qadriyatlaridir. Zero ajdodlarimiz oilada yangi tugʻilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. Oʻsha daraxt bilan birga farzand ham unib oʻsgan.

Joriy yilning 18-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari tomonidan 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligiga  bag‘ishlab korxona hududiga mevali va manzarali daraxtlar ekildi. 

Mazkur o‘tkazilgan tadbirdan asosiy maqsad, daraxt va butalarni ekish tadbirlarini an’ana hamda milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishdir.

Korxona hududiga ekilgan daraxtlarning ahamiyati beqiyosdir, chunki muhim sanada korxonamiz yeriga nihol qadaldi, bu esa daraxtlarda bayrog‘imiz ranglari kabi moviy osmon ostida yashnab o‘sishi, qizil va oq rang kabi gullashi hamda doimo yashil rangda yil bo‘yi ko‘karib turishini ifodalaydi.

Faylni tanlang